
A Seriya. "Yuventus" safarda g‘alaba qozondi, turinliklar "Inter"ni quvlashda davom etadi
A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan "Frozinone" - "Yuventus" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
12-daqiqada Yildiz hisobni ochgan bo‘lsa, Baez 51-daqiqada imkoniyatlarni tenglashtirdi. 81-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Vlaxovich turinliklarning ikkinchi va g‘alaba keltiruvchi golini urdi.
Ushbu g‘alaba orqali "Yuve" turnir jadvalida 40 ochko bilan 2-o‘rinni mustahkamlab qo‘ydi. Peshqadam "Inter" bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 41 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar