A Seriya. "Yuventus" Turin derbisida arang g‘alaba qozondi
Bundan biroz avval Italiya A Seriyasining 7-turidan o‘rin olgan “Torino” hamda “Yuventus” jamoalari bahsi yakunlandi.
Turin derbisida 0:1 hisobida “keksa sinora”ning qo‘li baland keldi. O‘yindagi yagona golni Manuel Lokatelli (86') kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Yuventus” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 11 taga etkazib oldi. Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriya musobaqa jadvalida 8-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar