A Seriyada mavsum xavf ostida. Klublar mashg‘ulot o‘tkazishni xohlamayapti
A Seriya klublarining deyarli yarmi mashg‘ulotlarni davom ettirishdan bosh tortmoqda. Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, "Milan", "Inter", "Napoli", "Fiorentina", "Kalyari", "Atalanta", "Verona", "Sampdoriya" va "Jenoa" klublari mashg‘ulot o‘tkazishni istamayapti. Boisi, ularga chempionatning tibbiy bayonnomasida belgilangan qoida yoqmayapti. Unga ko‘ra, agar biror bir jamoada koronavirus aniqlansa, shu jamoa 15 kunlik karantinga olinadi.
Shuning uchun A Seriya rahbariyati zudlik bilan bu borada Bundesligadan o‘rnak olib, vaziyatni yumshatmoqchi. Germaniya tajribasiga ko‘ra, agar qaysidir jamoa futbolchisida virus aniqlansa, faqat o‘sha futbolchining o‘zi karantinga olinadi. Qolgan futbolchilar test topshirishadi, agar ularda virus aniqlanmasa, o‘ynashda davom etishadi.

Fikrlar