A Seriyasining ikki klubi "Real"ning yosh yarim himoyachisini sotib olmoqchi
«Real» tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuono yaqin vaqt ichida Madrid klubini tark etib, Italiya A Seriyasi jamoalaridan biriga yo‘l olishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi xizmatlariga «Fiorentina» va «Milan» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ham Mastantuononi bir mavsumga ijaraga olish rejasini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin’yu argentinalik futbolchiga yaqin mavsumda unga asosiy tarkibdan joy topilishi qiyinligini ochiq aytgan. Shunga qaramay, madriddliklar klub rahbariyati futbolchini sotish niyatida emas. «Qirollik klubi» Mastantuono bo‘yicha faqat sotib olish huquqisiz ijara variantlarinigina ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Franko Mastantuono Ispaniya chempionatida «Real» safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, bir bor gol urgan. Mutaxassislar hozirgi paytda yosh yarim himoyachining transfer qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar