Abbos G‘ulomov: "Muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz"

  • 27 aprel, 15:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Abbosjon G‘ulomov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bo‘lajak raqibimiz “Buxoro” himoyada tartibli harakat qiladi va ko‘plab jamoalarga “boshog‘riq” bo‘lmoqda hamda jamoamizga ham munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi. 

O‘tgan turda Termizda “Surxon”ga alamli tarzda mag‘lubiyatga uchrab, ishqibozlarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, buxoroliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. 

Biz esa ta’kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz", - dedi Abbosjon G‘ulomov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!