Abbosbek Fayzullaev: "Kamp Nou"da hech qachon bo‘lmaganman, lekin kelajakda o‘ynashni istayman"
Moskvaning TsSKA klubi hujumchisi Abbosbek Fayzullaev bolaligida qaysi klubni qo‘llab-quvvatlaganini aytib berdi.
20 yoshli futbolchi bolaligidan Kataloniyaning "Barselona" klubiga muxlislik qilganini, uning kumiri Lionel Messi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi "Kamp Nou"da hech qachon bo‘lmaganini, lekin kelajakda u erda o‘ynashni juda xohlayotganini aytdi.
"Bu haqda gapirishning vaqti emas. Men TsSKAga moslashdim, shu erda o‘ynashni xohlayman va butun e’tiborimni jamoaga yordam berishga qaratganman", - deydi Fayzullaev
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev yozda TsSKAga ko‘chib o‘tdi va poytaxt jamoasi bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar
Камп Науда кутамиз.