Abbosbek Fayzullaev CSKAgа qaytish haqidagi gaplarga javob berdi
"Istanbul Bashakshehir" futbolchisi Abbosbek Fayzullaev CSKAgа ehtimoliy qaytishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
O‘zbekistonlik futbolchi hozircha bunday qiziqish haqida ma’lumoti yo‘qligini aytdi va Rossiya klubiga qaytishni to‘g‘ri qaror deb hisoblamasligini ta’kidladi.
"Bu haqida bilmayman. Hozir CSKAgа qaytish noto‘g‘ri qaror bo‘lardi, chunki men rivojlanishimda yangi qadam tashladim. Mening maqsadim — Yevropaning top-5 chempionatlaridan birida o‘ynash. Agar bu yerda yaxshi futbol ko‘rsatsam, Xudo xohlasa, orzuim ushaladi", — dedi Fayzullaev.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev avval CSKA safida to‘p surgan va o‘zining yorqin o‘yini bilan Yevropa klublari e’tiborini tortgan edi. Futbolchi hozirgi bosqichni faoliyatidagi muhim qadam sifatida baholamoqda hamda kelajakda kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynashni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Fikrlar