Abdullaev betobligi sabab yig‘inda qatnashmayapti, Flamarion bugun keladi - "Paxtakor" lagerida nima gaplar?
"Paxtakor" jamoasi Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kamoliddin Tojiev 24 nafar futbolchini jalb etgan ushbu yig‘inda haqiqiy mashg‘ulotlar boshlandi.
"17 fevralga qadar davom etadigan ikkinchi yig‘inda asosiy tarkibning barcha o‘yinchilari jam bo‘lgan. Faqatgina Flamariyon bugun yetib keladi.
"Sherlar" 7 fevral kuni Qozog‘istonning ko‘p karra chempioni "Qayrat" klubiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur yig‘inni faqatgina Dilshod Abdullaev betobligi tufayli vaqtincha o‘tkazib yubormoqda. Muhammadqodir Hamraliev va Abdurauf Bo‘rievning holatlari ancha yaxshi. Azizbek Turg‘unboev ham shu kunlarda umumiy guruhga qo‘shiladi. Qolganlar soppa-so‘g", - yozdi klub matbuoti.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent jamoasi mana shu yig‘inda 6 ta nazorat o‘yinida qatnashadi.

Fikrlar