
Abdulmanap Nurmagomedov Toni Fergyusonning kuchiga baho berdi
UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jangning tarixiy ahamiyatini yuqori baholadi.
“Millionlab muxlislar ushbu jangni kutishmoqda. UFC tarixida bunday ketma-ket g‘alabalarga erishayotgan jangchilarning o‘zaro to‘qnashuvi deyarli bo‘lmagan.
Promoushen tarixidagi eng muhim jang. Ushbu to‘qnashuv nafaqat mamlakatimiz balki butun dunyodagi muxlislarimiz uchun muhimdir.
Fergyuson juda zo‘r jangchi... Munosib raqib va biz bunga yarasha tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz “, - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz: Xabib va Fergyuson jangi 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar