Abdumalик Halokov raqibga hech qanday imkon qoldirmadi
Xabaringiz bor, ayni paytda Nagoya-Aichi shahrida Osiyo oʻyinlari davom etmoqda.
-60 kg dagi taniqli charm qoʻlqop ustamiz Abdumalik Halokov 1/16 finalda Shimoliy Koreya vakili Tae Bomga qarshi ringga koʻtarildi. Barcha raundlarda katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz yakunda 5:0 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Shu tariqa bokschilarimiz ishtirokidagi bugungi dastur janglari oʻz nihoyasiga yetdi.

Fikrlar