Abdumalик Halokov va To‘rabek Habibullaev – chempion, Farzona Fozilovada esa kumush medal!

  • 21.06.2026 10:32
  • Javohir Malikov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda Guiyang shahrida "World Boxing" tashkiloti kubogining final bahslari bo‘lib o‘tyapti.

Biroz avval -48 kg vazn toifasidagi vakilamiz Farzona Fozilova hindistonlik Jyotiga qarshi ringga ko‘tarildi. Afsuski, Farzonaga ushbu jangda biroz omad yetishmadi. Yakunda, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

- 60 kg vaznda Olimpiada chempioni Abdumalik Halokov Jahon kubogining hal qiluvchi bosqichida braziliyalik Luiz Gabriel bilan bahs olib bordi. Juda ham qiziqarli kechgan to‘qnashuvda Halokov raqibiga ajoyib “master- klass” ko‘rsatdi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Bizda dastlabki oltin medal!

-90 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Habibullaev final jangida angliyalik Isaak Okoxga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, raqibi jarohat olganligi sababli jang qila olmasligini bildirgan. Shu tariqa To‘rabek Jahon kubogi g‘olibiga aylandi!

Bizni oldinda yana bir hamyurtimiz  Asilbek Jalilov va Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) jangi kutmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
21/06/2026 15:07
+90да биз тамом бўлдикми.