Abdumalik Xalakov oltin medalni qo‘lga kiritdi!

  • 02.10.2026 14:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni paytda Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Biroz avval taniqli bokschimiz Abdumalik Xalakov oltin medal uchun janubiy koreyalik Jang Dongvan bilan bahs olib bordi. Shiddatli davom etgan jangda vakilimiz hakamlarning yakdil qaroriga koʻra gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi!

Maʼlumot uchun, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Jahongir Zokirov va Aybek Oralbay (Qozogʻiston) toʻqnashuvi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!