Abdumalик Xalakоv Osiyo oʻyinlaridagi yurishini boshladi

  • 25.09.2026 11:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugungi bahslarda ikki nafar vakilimiz ringga koʻtarilib, dastlabki bosqichni muvaffaqiyatli yakunladi. Jumladan, erkaklar oʻrtasida -60 kilogramm vazn toifasida Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Xalakov Shimoliy koreyalik O Te Bomga qarshi jang oʻtkazdi. Hamyurtimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, ishonchli gʻalabaga erishgan holda chorak finalga chiqdi.

Osiyo oʻyinlarining boks bahslari qizgʻin pallaga kirdi. Oʻzbek charm qoʻlqop ustalarining ilk janglardagi muvaffaqiyati esa muxlislarga xush kayfiyat bagʻishlamoqda.

Ayollar oʻrtasida -54 kilogramm vazn toifasida Nigina Ōktamova chorak final yoʻllanmasi uchun oʻtgan bahsda tojikistonlik Bibinashastamo Xolova bilan kuch sinashdi. Unda Nigina 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha bokschilarimiz Navbahor Hamidova, Feruza Kazakova va Shavkatjon Boltaev ham ilk bosqichda raqiblarini magʻlub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!