
Abduqodir Husanov "Chelsi"ga qarshi qaydnomada bo‘ladimi? Savolga javob topildi!
Abduqodir Husanov "Manchester Siti" safida "Chelsi"ga qarshi bahs uchun qaydnomasida bo‘ladi, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Xabaringiz bor, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" qishki transferlar oynasida Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Omar Marmush kabi futbolchilarni olib keldi.
Mashhur insayder Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, hamyurtimiz Abduqodir Husanov "aristokratlar"ga qarshi muhim bahsda kengaytirilgan tarkibdan joy olishini ma’lum qildi.
Fikrlar