Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da nega 45-raqamni tanlagan?

  • 13.02.2026 16:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi klubda nega 45-raqamni tanlagani haqida gapirdi. 

- "Manchester Siti"ga o‘tganingizda nega aynan 45-raqamni tanlagansiz? Avval "Siti"da ushbu raqamda Mario Balotelli ham o‘ynagan.

"Belarusda o‘ynaganimda - "Energetik BGU"da professional futbolda ilk bor 45-raqamda o‘ynagandim. Shu sabab "Manchester Siti"da ham shu raqamni olganman. 

- Agar shunday imkon bo‘lsa, faoliyatini yakunlagan himoyachilardan kim bilan tandemda o‘ynagan bo‘lardingiz?

- Fabio Kannavaro", - dedi Husanov "Setenta Sports"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli himoyachi joriy mavsum "shaharliklar" safida jami 21 ta o‘yin o‘tkazdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!