
Abdurauf Bo‘riev: Qiyin bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozondik
O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim himoyachisi Abdurauf Bo‘riev Malayziya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
– Xalqimizni, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Malayziya yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, qiyin bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozondik. Shu bilan to‘xtab qolmasdan, xatolar ustida ishlaymiz. Albatta natija muhim, biz bu erga katta maqsadlar bilan keldik. O‘zimiz ishtirok etadigan hamma o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz", - deydi futbolchi.
Ma’lumot uchun, olimpiyachilarimiz ikkinchi turda Quvayt termasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar