Abdusattorov: "Karlsnning natijasi men uchun syurpriz bo'lmadi"
"Uzchess Masters" turniri favoritlaridan biri Nodirbek Abdusattorov nima uchun Magnus Karlsen "Norway Chess" musobaqasida sovrindorlar uchligiga kira olmaganini tushuntirdi.
"Menimcha, turnirning eng muhim voqealaridan biri Magnusning muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani bo‘ldi. Albatta, bunday nihoyatda kuchli va juda yosh ishtirokchilar yig‘ilgan tarkibda u ma’lum darajada bosimni his qilgan deb o‘ylayman. Shuningdek, unga o‘yin amaliyoti yetishmagani ham sezildi.
Rostini aytsam, nega u har bir partiyada albatta g‘alaba uchun o‘ynashga va murosasiz kurash olib borishga urinagani tushunmadim. Chunki ko‘p holatlarda bu mutlaqo shart ham, mantiqiy ham emas edi.
Men uning shaxmatini, jangovor xarakterini va har bir partiyada oxirigacha kurashish istagini juda hurmat qilaman. Lekin, menimcha, ushbu turnir ham inson har doim muvozanatni saqlashi va vaziyatga xolisona baho berishi kerakligini ko‘rsatdi.
Ha, Magnus Malmyoda o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Biroq menimcha, bu yetarli emas edi, chunki o‘sha turnir atigi yetti turdan iborat bo‘lgan. Rostini aytsam, u yerda ham Karlsen yaxshi o‘ynamagan deb hisoblayman.
Hatto turnirda g‘olib chiqqan bo‘lsa ham, menimcha, u o‘z o‘yinidan va partiyalarining sifatidan qoniqmagan. Chunki ko‘rsatilgan shaxmat sifati haqiqatan ham yuqori darajadan ancha uzoq edi.
Menimcha, aynan o‘sha musobaqadayoq Magnusning o‘yinidagi ayrim zaif tomonlar ko‘rina boshlagandi. Norway Chess esa bu kamchiliklarning oqibatlarini yaqqol namoyon qildi. Shuning uchun ham uning bunday natija qayd etishi men uchun kutilmagan holat bo‘lmadi.
Bugungi kunda klassik shaxmat juda yuqori talab qo‘yadi. Yaxshi o‘ynash uchun inson maksimal darajada diqqatini jamlashi va juda ko‘p mehnat qilishi kerak.
Agar sizda o‘yin amaliyoti va klassik shaxmat hissi yetishmasa, yuqori darajaga qaytish juda qiyin bo‘ladi. Jiddiy tayyorgarliksiz buni amalga oshirish mushkul.
Menimcha, Norway Chess musobaqasidan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy xulosa ham aynan shu", — dedi Nodirbek Abdusattorov.

Fikrlar