
Abraxam tezroq “Roma”dan ketmoqchi
Temmi Abraxam etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun bir yil muqaddam “Chelsi”dan “Roma” ko‘chib o‘tgandi.
A Seriya klubi bilan shartnoma imzolashda London klubi ayyorona usulni qo‘llagan. Ya’ni, “aristokratlar” 2023 yilning yozida hujumchini 80 million evroga qayta sotib olish bo‘yicha band kiritgan.
Joze Mourino Abraxamni eng zo‘r to‘purarlar qatoriga qaytardi va bu angliyalik hujumchining Angliya premer-ligasiga qaytishiga yo‘l ochish imkonini berdi.
Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, Abraxamning A Seriyadagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Hujumchi imkon qadar tezroq premer-ligaga qaytishni xohlayapti. “Chelsi” to‘purarni ortga qaytarishga qiziqmoqda.
Abraxamning ketishi “Roma”ga zarba bo‘lishi tabiiy. Lekin rimliklar mo‘may daromad evaziga uni qo‘yib yuboriga qarshilik qilmasligi aytilmoqda.
Fikrlar