
Abubakar Nurmagomedov: "Men uning g‘alaba qozonishiga ishonaman!"
Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov Maxachevning Volkanovski ustidan g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.
"Islam bu kamarga hammadan ko‘ra haqlidir. U uzoq vaqtdan beri stabil jang qilmoqda. Men bu safar ham Islamning g‘alaba qozonishiga ishonaman", - dedi Abubakar.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev - Volkanovski to‘qnashuvi 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 294 turniri markaziy jangida o‘tkaziladi.
Fikrlar