Afrika Millatlar kubogi. Kot-d’Ivuar kambek amalga oshirib, Gabonni yengdi. Kamerun esa qiyinchilik bilan zafar quchdi
Afrika Millatlar kubogining "F" guruҳidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Kot-d'Ivuar terma jamoasi nominal mehmon sifatida harakat qilib, Gabonni 3:2 hisobida taslim etdi.
Kamerun terma jamoasi esa Mozambikni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, guruҳda birinchi va ikkinchi o‘rinni Kot-d'Ivuar va Kamerun terma jamoalari qo‘lga kiritishdi (7 ochkodan). Mozambik esa 3 ochko 3-o‘rinni olgan holda, keyingi bosqich masalasini hal qildi. Gabon terma jamoasi bironta ochko to‘play olmay turnir bilan xayrlashdi.
Fikrlar