Afrika Millatlar kubogi. Kot-d'Ivuar Kamerun bilan durang o‘ynadi
Afrika Millatlar kubogi 2-turning soʻnggi toʻqnashuvda Kot-d'Ivuar - Kamerun klublari oʻzaro bahs olib bordi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Toʻqnashuvning 51-daqiqasida "Manchester Yunayted" hujumchisi Amad Diallo hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqada oʻtib esa Gislen Konan oʻz darvozasini ishgʻol qilgan holda, hisobni 1:1 koʻrinishiga sababchi boʻldi.
Maʼlumot uchun, ushbu bellashuvdan soʻng "F" guruhida Kot-d'Ivuar va Kamerun hisobida 4 ochkodan bor. 3-oʻrindagi Mozambik terma jamoasida 3 ochko mavjud boʻlsa, Gabon hali ochko olmadi.
Fikrlar