Afrika Millatlar kubogining chempioni ma'lum
Afrika Millatlar kubogi yakuniga yetdi.
Marokash yashil maydonlari mezbonlik qilgan Afrika Millatlar kubogining final uchrashuvi yakuniga yetdi. Yakuniy uchrashuvda mezbon Marokash hamda Senegal terma jamoalari maydonga chiqdi. Har ikki terma jamoa ham o‘z tarixlarida 1 martadan qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan. Shu sababdan ham chempionlik kurashi qizgin o‘tishi tabiiy edi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 8-daqiqada bosh hakam Senegal darvozasiga penalti belgiladi. Ushbu vaziyatdan norozi bo‘lgan Senagal terma jamoasi ustozi shogirdlariga maydonni tark etishni buyurdi. Futbolchilar o‘yinni davom ettirishdan bosh tortib maydonni tark etdi. Biroq jamoa yetakchisi Sadio Mane jamoadoshlarini qayta maydonga olib chiqdi. 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish uchun to‘p oldiga kelgan Braim Diaz tepgan to‘pni Senegal posboni Eduard Mendi bartaraf etib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 4-daqiqasida Pape Geye gol urib Senegali hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va Senegal o‘z tarixida ikkinchi bor Afrika Millatlar kubogi chempioniga aylandi.
Fikrlar