
Afrikaning eng zo‘r o‘yinchisi aniqlandi
“Liverpul”dagi faoliyatini yakunlab, “Bavariya” safiga o‘tgan senegallik hujumchi Sadio Mane Afrikada yil o‘yinchisi, deb topildi.
Mane Senegal terma jamoasining o‘z tarixida ilk bor Afrika Millatlari kubogida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan edi.
Bundan tashqari, 30 yoshli hujumchi “Liverpul” tarkibida Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi, Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi.
Mane mavsum davomida liverpulliklar tarkibida jami 51 marotaba maydonga tushib, 23 ta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Sadio Senegal terma jamoasida 91 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 33 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar