Afsona "Roma"ga qaytmoqda!
“Roma” klubining tirik afsonasi – Franchesko Totti jamoaga qaytishga yaqin turibdi.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, klub prezidenti Den Fridkin yaqinda Totti bilan uchrashgan. Fridkin keyingi haftada Tottiga aniq taklif bilan qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Totti ham o‘z navbatida skautlik agentligidagi ishini tashlab qadrdon jamoasidagi ishiga e’tibor qaratishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Franchesko Totti butun futbolchilik faoliyatini (1992-2017) “Roma”da o‘tkazgan. U 2017-2019 yillarda ushbu klubda direktor lavozimida ishlagan.



Fikrlar