
Afsonaviy basketbolchi: "Kutganlarimiz kutilganidek bo‘lib chiqmadi"
Amerikalik afsonaviy basketbolchi va butun faoliyatini o‘tkazgan "Los-Anjeles Leykers" bilan besh karra NBA chempioni Medjik Jonson mashhur bokschi Mayk Tayson va taniqli sport bloggeri Jeyk Pol o‘rtasidagi jangga munosabat bildirdi.
“Bu shunchaki achinarli. Bu to‘qnashuvni majbur tomosha qildim. Mayk Taysonni shunday holatda ko‘rish juda ayanchli, chunki men uning har bir jangiga borganman. Kutganlarimiz kutilganidek bo‘lib chiqmadi, afsus. Bugungi jang boks tarixidagi eng yaxshisi bo‘lmadi", - deb yozdi Jonson ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Jeyk Pol 58 yoshli bokschi Mayk Tayson ustidan ochkolar evaziga zafar quchdi.
Fikrlar