
Afsuski, dzyudochilarimiz jamoaviy bahslardagi yurishini yakunladi
O‘zbekiston 2 - 4 Koreya Respublikasi
Shu nuqtada dzyudochilarimiz ham o‘z ishtiroklarimi yakunlashdi. Yorqin bellashuvlar va unutilmas g‘alabalar uchun jamoamizga rahmat deb qolamiz.
Murodjon Yo‘ldoshev ogohlantirishlar evaziga raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Diyora Keldiyorova ippon evaziga hisobni qisqartirmoqda.
Alisher Yusupovda ham mag‘lubiyat. Umidimiz Diyora Keldiyorovadan.
Janubiy koreyaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Irisxon Qurbonboeva ham mag‘lubiyatga uchradi.
Hisob tenglashdi. Afsuski, Bobonov ogohlantirishlar evaziga mag‘lub bo‘ldi
Gulnoza Matniyazova g‘alaba bilan boshlab berdi. Endi Bobonovdan ham g‘alaba kutamiz.
Jamoamiz o‘tish bosqichida Koreya Respublikasiga qarshi quyidagi tarkibda kurashadi:
Fikrlar