Agar Koutino "Barselona"ga o‘tsa, yiliga 14 mln evro maosh olishi mumkin

  • 1 dekabr, 2017, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutino “Barselona”ga o‘tsa, u erda qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Sport.es saytining xabar berishicha 25 yoshli braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safida yiliga 14 mln evro maosh olishi mumkin. Bundan avvalroq, “Barselona” Koutinoning transferi uchun mersisaydliklarga 150 mln evrogacha pul taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, agar Koutinoning transferi amalga oshadigan bo‘lsa, “Barselona” o‘zining 3 nafar futbolchisi bilan hayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Ular orasida Andrea Gomesh hamda Arda Turan kabi futbolchilar bor. O‘z navbatida portugaliyalik futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, turkiyalik futbolchini "Monako" o‘z safida ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!