Agar Remzi shartnomasini uzaytirmasa, "Arsenal" uni sotib yuboradi

  • 31 may, 2018, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi yaqin vaqtlar ichida o‘zining jamoadagi kelajagi haqida yakuniy qarorga kelishi kerak.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 27 yoshli uelslik futbolchiga haftasiga 110 ming funt maoshli 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. O‘z navbatida Remzi ayni damda o‘ziga kelib tushgan barcha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.

Agar Remzi “Arsenal” bilan kelishuvni uzaytirishdan bosh tortsa, londonliklar uni tezroq sotib yuborishga harakat qilishadi. Boisi, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Eslatib o‘tamiz, Remzi yakunlangan mavsum “Arsenal”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!