
Agent: Agar PSJ prezidenti Verrattini sotsa, uni qatarliklar kechirishmaydi
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verrattining agenti Donato Di Kampliga ko‘ra uning mijozi ayni damda juda og‘ir psixologik vaziyatga tushib qolgan. Boisi, italiyalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishni juda ham xohlamoqda, biroq parijliklar rahbariyati uni bu haqdagi fikrlarini eshitishni ham istashmayapti.
“Verratti – PSJ amirining mahbusi. Bu esa cheksiz boylikka ega qatarlik amirning xohishi. U g‘ururi sabab Verrattini 100 mln evro evaziga “Barselona”ga sotmadi. Albatta, Marko “Barselona”ning qiziqishidan juda mamnun. Kim ham shunday jamoadan bo‘lgan taklifdan hursand bo‘lmasdi?
Klub prezidenti Noser Al-Xelaifi menga Verrattining PSJ bilan 2021 yilga qadar shartnomasi borligini va uni hech qachon sotolmasligini aytdi. U Markoni chempion deb biladi va jamoani aynan uning atrofida shakllantirmoqchi. U yana shuni aytdiki, agar Verrattini sotsa, uni qatarliklar hech qachon kechirmas ekan”, - deydi Di Kampli Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar