Agent: "Barselona" 2014 yil Asensioni 4,5 mln evroga sotib olishni istamagan edi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensioning agenti Orasio Gadjiolining so‘zlariga ko‘ra “Barselona” bundan uch yil muqaddam mijozini qo‘ldan chiqargan. Aniqrog‘i, Asensio 2014 yilda o‘zining sobiq jamoasi “Malorka” bilan oradagi shartnomani bekor qilgan, ayni shu paytda “Barselona” shu futbolchi uchun 4,5 mln evro to‘lashni istamagan.
“Barselona”da bizga quyidagicha javob qaytarishgan: Yo‘q, biz qila olmaymiz. Shu bilan ular o‘z imkoniyatlarini qo‘ldan boy berishdi. Oradan 3 oy o‘tib ular o‘z xatolarini tushunib etishganda esa kech bo‘lgan edi. “Real”ning Asensioga qilgan taklifi “Barselona”nikida 20 barobar yaxshiroq edi, futbol tomondan ham, moliyaviy tomondan ham”, - deydi agent Bleacher Report nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogining har ikkala uchrashuvida ham Asensio "Barselona" darvozasini ishg‘ol etgan edi.

Fikrlar