AGMK bugun Premer-liga peshqadamlaridan biriga qarshi maydonga tushadi

  • 22.01.2023 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Olmaliqning AGMK jamoasi bugun Birlashgan Arab Amirliklaridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoaning bu galgi raqibi Moskvaning “Spartak” klubi bo‘ladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Spartak” ayni damda Rossiya Premer-ligasida 2-o‘rinda bormoqda. AGMK esa o‘tgan mavsum Superligada 4-o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!