AGMK Latviya klubi bilan murosa ko‘chasini tanladi

  • 15 fevral, 2022, 19:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi bugun Turkiyada uchinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Latviyaning “Auda” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Tecno

Avvaliga latviyaliklar o‘yin boshlarida hisobni ochdilar. Tanaffusga qadar AGMK muvozanatni tikladi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Xurshid G‘iyosov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shu tariqa 1:1 hisobi uchrashuv oxiraga qadar o‘zgarmadi.

AGMK: Valijon Rahimov, .Mirg‘iyos Sulaymonov, Andrey Mishenko, Sardor Rahmonov, Murod Toshmatov, Abdulla Abdullaev, Siyavash Xagnozari, Mirjamol Qosimov,  Sanjar Tursunov, Martin Boake, Shohruh Gadoev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Xurshid G‘iyosov, Alisher Jalilov, Dilshod Ahmadaliev, Akrom Komilov, Iskandar Bo‘sinov, Sardor Abdunabiev, Murod Ermatov, Nodir Abdurazzoqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!