AGMK Qosimov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 12 yanvar, 2022, 15:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selektsiya ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Shuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

Tecno

Klub 2019 yili jamoaga kelgan yarim himoyachi Mirjamol Qosimov bilan o‘rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Mirjamol Qosimov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qosimov o‘tgan mavsum 22ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urib, 3ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!