Aguero 2 ta o‘yinda "Manchester Siti"ga yordam berolmaydi
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero koronavirusga chalingan inson bilan aloqada bo‘lgani uchun karantinga olindi.
Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, COVID-19 xavfi bo‘lgan 32 yoshli argentinalik futbolchi 10 kunlik karantinga yuborilgan.
Endi Aguero APL doirasidan o‘rin olgan "Brayton" va "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinlarda “Siti”ga yordam berolmaydi.
Serxio Aguero joriy mavsum APLda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar