Aguero "Barselona"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Italiyalik jurnalist-insayder Nikola Skiraning xabar berishicha, "Manchester Siti"ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero tez orada "Barselona"ga a’zosiga aylanadi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi bugun, 30 may kuni “ko‘k-anor ranglilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tez orada u Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolaydi.
O‘tgan mavsumda Aguero "Manchester Siti" tarkibida 19ta o‘yin o‘tkazib, unda 6ta gol va 1ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Avvalroq, futbolchi "Barselona"ga o‘tish uchun maoshni qisqartirishga ham rozi bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.
“Manchester Siti” UEFA Chempionlar ligasi finalida “Chelsi”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu Agueroning “Siti” tarkibidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi.
Fikrlar