Aguero Ronalduning gaplariga munosabat bildirdi

  • 24 iyul, 20:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Serxio Aguero Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni ligasi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Tecno

Avvalroq, "An-Nasr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionati dunyoning kuchli beshligidan joy olganini ma’lum qilgandi. "Manchester Siti", "Barselona" va "Atletiko" sobiq hujumchisidan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol"ning "Siti" ustidan qozongan g‘alabasi portugaliyalikning so‘zlarini tasdiqlaydimi, deb so‘rashdi.

"Bu bahsga aralashish befoyda. Agar Ronalduning gapi to‘g‘ri bo‘lsa va Saudiya chempionati chindan ham dunyoning eng yaxshi ligalari qatoriga kirsa, bu yillar davomida o‘z isbotini topadi. Albatta, bitta o‘yin bilan emas.

Shaxsan men so‘nggi paytlarda chempionat juda munosib o‘sishni ko‘rsatmoqda, deb hisoblayman, ammo uni dunyodagi eng yiriklaridan biri deb atashga hali erta", - dedi Aguero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
24/07/2025 21:50
Яна 2 та тухумини гаровга тикиб юбормапти Кун,те Агуэро)