Ahmedovning braziliyalik do‘sti avariyaga uchradi
Noxush vaziyat
Odil Ahmedov bilan avval Rossiya chempionatida, keyin esa “Shanxay SIPG” jamoasida birga o‘ynagan braziliyalik futbol yulduzi Xalk o‘z yurtida avariyaga uchradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, voqea Belu-Orio‘onti shahrijda yuz bergan. Unga ko‘ra, Xalk boshqarayotgan mashinaga motitsiklchi kelib urilgan. Baxtli tasodif tufayli ushbu avtohalokatda hech kim jarblanmadi.

Xalk ayni paytda “Atletiko Mineyro” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U bu klub bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.

Izohlar (0)