Ahmedovning jamoadoshi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin

  • 23 dekabr, 2019, 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan birga “Shanxay SIPG” klubida to‘p surayotgan hujumchi Xalk yana Evropaga qaytishi mumkin.

Tecno

Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchiga “Espanol”dan qiziqishlar paydo bo‘lgan. Aytish kerakki, Kataloniya klubining xo‘jayini bo‘lgan xitoylik Chen Yanshen “Shanxay SIPG” klubi bilan yaxshi munosabatda. Shu bois u shanxayliklardan Xalkni mavsum yakunigacha ijaraga olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Espanol” bugun bosh murabbiyi Pablo Machinni iste’foga chiqargan edi. Ular ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 10 ochko bilan so‘ngg 20-o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!