Ahmoqona xatolar uchun javobgarliklni o‘z bo‘ynimga olaman!

  • 26.11.2023 09:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLning 13-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Chelsi" bahsida londonliklar yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (1:4). "Aristokratlar" jamoasi sardori Ris Jeyms 73-daqiqada qizil kartochka oldi. O‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, Jeyms ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

"Bugungi qizil kartochka va ikkita ahmoqona xato uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Bu men o‘rganishim kerak bo‘lgan o‘yin. Muxlislar va jamoadoshlarimdan uzr so‘rayman”, - deb yozgan Jeyms.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Premer-ligadagi navbatdagi o‘yinini 3 dekabr kuni o‘z maydonida "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!