Aichi-Nagoya-2026: Ertaga 3 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi!
Osiyo oʻyinlarining boks bahslarida ertaga soʻnggi kun, yaʼni final janglari boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqichga yigitlarimizdan 3 nafari yetib keldi.
Juftliklar bilan tanishing:
-90 Toʻrabek Xabibullaev - Xanʼ Syüechzhenʼ (Xitoy) 10:15
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Jang Dongvan (Janubiy Koreya) 14:00
+90 kg: Jahongir Zokirov - Aybek Oralbay (Qozogʻiston) 14:30
Janglar Toshkent vaqti bilan ikki dasturda 09:00 va 13:30 da start oladi. Taʼqdirlash marosimiga qarab, uchrashuvlardagi vaqtlar oʻzgarib borishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar