Aichi-Nagoya-2026: Ertaga 4 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Osiyo oʻyinlarining boks bahslarida ertaga ham yarim finallar boʻlib oʻtadi. Kun davomida 4 nafar bokschimiz hal qiluvchi janglar uchun ringga koʻtariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Feruza Kazakova - Vu Yu (Xitoy) 09:00
-60 kg: Sitora Turdibekova - Lin Yu-Ting (Xitoy Taypeyi) 09:30
-70 kg: Shavkatjon Boltaev - Torexan Sabirhan (Qozogʻiston) 11:00
-90 kg: Toʻrabek Xabibullaev - Kapil Pokhariya (Hindiston) 11:30
Bahslar Toshkent vaqti bilan 09:00 start oladi. Bu haqida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar