Aka o‘rnini uka bosadi. Superklublar kichik Azar uchun kurash boshladi

  • 30.10.2021 20:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eden Azardan farqli o‘laroq, ukasi Torgan Dortmundning «Borussiya»si safida jadal o‘sishda davom etmoqda, bu Evropa gigantlari e’tiborini tortmoqda, deb xabar berdi «Fichajes» nashri.

«Bavariya» Torgan Azarga e’tibor qaratdi va endi belgiyalik futbolchining Dortmund klubidagi o‘yinini diqqat bilan o‘rganmoqda. Germaniyaning eng kuchli klubi uzoq vaqtdan beri kichik Azarning o‘yinini o‘rganib kelmoqda, ammo, «pivachilar» hali aniq bir qarorga kelgani yo‘q.

Londonning «Chelsi» klubi turli transfer yangiliklarida Eden Azarning "Stemford Bridj"ga qaytishi mumkinligi haqida gapirilgan bo‘lsada, boshqa Evropa gigantlari Torgan Azarni ularga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. «Bavariya»dan tashqari, kichik Azarga «Inter», «Arsenal» va «Liverpul» ham jiddiy takliflar bilan chiqdi.

«Borussiya» Torgan Azar bilan 40 million evro evaziga xayrlashish niyatida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!