
Akbar Jo‘raev: "Oltin medaldan ayrilsam ham, Ruslan aka oxirgi urinishni omadli bajarishlarini xohlagandim"
Tokio Olimpiadasi g‘olibi biroz oldin jahon chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunlangach, biz sportchimizning fikrlari bilan qiziqdik.
"Musobaqa qiziqarli ruhda o‘tdi. Armanistonlik sportchidan juda jiddiy qarshilik bo‘lishini kutgandim. Simon - kuchli raqib. Shu bilan birga Ruslan aka ham musobaqada qatnashdilar. G‘oliblik uchun ikki jiddiy raqib borligini tushunib turgandim. Rostini aytsam, biroz hadiksirash bor edi. Ammo shunday bo‘lsada, faqat oltin uchun harakat qildim.
To‘g‘risi, oltin medaldan ayrilsam ham, Ruslan aka oxirgi urinishni omadli bajarishlarini xohlagandim. Oltin baribir O‘zbekistonga nasib qilardi, ular esa jahon rekrodini yangilardilar.
Rejalarga keladigan bo‘lsak, endi biroz dam olmoqchiman (kuladi). Mehnat qilishdan to‘xtamaymiz. Keyingi musobaqalarda ham faqatgina oltin uchun supachaga chiqaman. Shuningdek, oldinda Parij olimpiadasi borligini unutmaslik lozim. U erda ham albatta yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga harakat qilamiz".
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar