Akinfeev deputat bo‘lishi mumkin

  • 23.12.2020 15:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

TsSKA darvozaboni Igor Akinfeev Rossiya Davlat Dumasi deputatiga aylanishi mumkin.

"Vedomostey" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli posbon "Edinaya Rossiya" siyosiy partiyasi tomonidan 2021 yilda o‘tkaziladigan saylovlarga qo‘yiladigan nomzodlar qatorida bor. Nomzodlarning yakuniy ro‘yxat yanvar oyi oxiri yoki fevral oyining boshida e’lon qilinadi.

Igor Akinfeev 2003-2018 yillarda Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan va 110 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!