Akmal Mozgovoy: "Penaltilar seriyasida omadimiz kelib g‘alaba qozondik"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Eronga qarshi final uchrashuvidan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor assalomu alaykum. O‘yin juda og‘ir kechdi. Bir kishi kam bo‘la turib, irodali harakat qildik va penaltilar seriyasida omadimiz kelib, g‘alaba qozondik. Bu har doim hayajonli bo‘ladi. Omadimiz keldi va biz kubokni ko‘tardik.
O‘zi mening navbatim edi, tepdim va gol urdim (kuladi). Shuningdek, o‘yindan avval biz ko‘proq zich o‘ynab, raqibga zona qoldirmasligimiz kerakligini aytishdi", - deya aytib o‘tdi terma jamoamiz futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz "Al Ain International Cup" turnirining final uchrashuvida Eron terma jamoasi bilan to‘qnash kelib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. O‘yinning asosiy vaqtida esa 0:0 hisobi qayd etildi.
Fikrlar