«Al Hilol» yana ikki yulduz futbolchini sotib olmoqchi
«Al-Hilol» yaqinda «Vest Xem» jamoasining yarim himoyachisi Krisensio Sammervill bilan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu transfer 64,5 million yevroga baholangan.
Saudiya Arabistonining yetakchi klubi transfer bozorida faol harakatni davom ettirayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqida insayder Janluidji Longari ma'lum bergan.
Uning yozishicha, «Al-Hilol» o‘z transfer ro‘yxatiga «Chelsi» yulduzi Pedru Netuni ham qo‘shgan. Shuningdek, nomzodlar orasida «Bavariya» futbolchisi Luis Dias ham borligi taxmin qilinmoqda.

Fikrlar