"Al-Ittihod" Superliga klubi bilan futbolchi almashtirishi mumkin

  • 02.02.2026 18:01
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi va "Fenerbahche" o‘zaro futbolchi almashtrish ehtimoli paydo bo‘ldi.  

Xabarlarga ko‘ra, Saudiya klubi xavbeyi N’Golo Kante Turkiya Superligasi vakili "Ferenbahche" bilan muzokaralar olib borilmoqda.  Transfer amalga oshishi tobora oydinlashyapti. Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano ma’lum qilgan. Bundan tashqari, agar "Al-Ittihod" forvardi Karim Benzema jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini aynan turk klubida to‘p tepayotgan marokashlik hujumchi Yussef en-Nesiri bilan to‘ldirilishi mumkin. Agar hammasi ikki klub o‘ylaganidek bo‘lsa, ikki jamoa o‘rtasida almashinuv amalga oshishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, "Al-Ittihod" joriy mavsumda Saudiya Arbistoni chempionatida 19ta o‘yindan so‘ng, 34 ochko bilan 6-o‘rinni egalab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!