“Al-Nasr”da ishlagan murabbiy “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladi
Emilian Karas "Paxtakor"da Kamoliddin Tojievga yordam beradi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
2020 yildan Mircha Luçeskoning asosiy yordamchilaridan biri bo‘lgan mutaxassis "Dinamo" Kievda 2020 yildan beri faoliyat olib borib kelgan. Ukraina chempioni, "Alaniya, "Kuban", "Dinamo" (Moskva), Qatarning "Al-Arabi" va BAAning "Al-Nassr" jamoalarida ham yordamchi murabbiyi lavozimida ishlagan.
Moldovalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida himoyachi amplusida to‘p tepgan va asosiy "karerasini" o‘z mamlakatida o‘tkazgan. 1991 yil "Paxtakor" Markaziy stadionida jamoamizga qarshi maydonga chiqqan.
"O‘z paytida Sobiq Ittifoqning, bugungi kunda Osiyoda o‘z o‘rniga ega O‘zbekistonning eng zo‘r jamoasida faoliyat olib borish men uchun zavqli bo‘ladi. Bosh murabbiyga qo‘ldan kelgancha yordam beraman. Niyatim, jamoamga nafim tekkan holda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish", - deydi Emilian Karas.
Fikrlar