"Al-Nassr" yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi. Masharipov ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi
Sauidya Arabistoni chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Al-Raed" va "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uzoq tanaffusdan keyin legionerimiz Jaloliddin Masharipov safga qaytdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz 58-daqiqada zaxiraga olindi.
Ushbu g‘alabadan keyin riyodliklar 22 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar