
"Al-Nassr"ning navbatdagi nishoni Modrichga qaratildi!
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi transfer bozorini yondirishda davom etadi. Bu safar jamoa "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Bu haqda Ispaniyaning nufuzli "Marca" nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar Ronaldu - Ramos - Modrich uchligini o‘z jamoasida qayta tashkil etmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" short-listidan Serxio Buskets va N'Golo Kante kabi yulduz futbolchilar ham o‘rin olgan.
Fikrlar